Mass-media fondi va UNICEF O‘zbekistonda bolalar huquqlarini targ‘ib qilishda OAV rolini kuchaytirishga kelishib oldi
Mass-media fondi va UNICEF o‘rtasida jurnalistlar va blogerlarning bolalar huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq mavzular bo‘yicha bilimlarini oshirishni nazarda tutuvchi o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi Akramjon Fozilov Al Jazeera Media Network bosh direktori Souag bilan uchrashuv o‘tkazdi
Mass-media fondida Vasiylik kengashi raisi Al Jazeera Media Network bosh direktori bilan uchrashdi. Tomonlar jurnalistlar uchun ta’lim loyihalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Mass-media fondida jurnalist va blogerlar uchun nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan bog‘liq mavzularni OAVda to‘g‘ri yoritishga bag‘ishlangan ikki kunlik trening o‘tkazildi.
9-10-aprel kunlari Mass-media fondida jurnalist va blogerlar uchun nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan bog‘liq mavzularni OAVda to‘g‘ri yoritishga bag‘ishlangan ikki kunlik trening o‘tkazildi. Tadbirda Toshkent shahar “Sharoit Plyus” nogironlar jamoat birlashmasi mutaxassislari ma’ruzachi sifatida ishtirok etdilar.
Mass-media fondi va UNAIDS O‘zbekistondagi ofisi hamkorligida OIV bilan bog‘liq masalalarni to‘g‘ri yoritish bo‘yicha trening bo‘lib o‘tdi
25-mart kuni Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlanish fondida jurnalistlar va blogerlar uchun OIV bilan bog‘liq masalalarni to‘g‘ri yoritish bo‘yicha trening bo‘lib o‘tdi. Trening Mass-media fondi va BMTning OIV/OITS bo‘yicha Qo‘shma dasturining O‘zbekistondagi ofisi (UNAIDS) hamkorligida tashkil etildi. Mazkur treningning asosiy maqsadi OAVda OIV mavzusining to‘g‘ri yoritilishiga ko‘maklashish, jamiyatning xabardorligini oshirish va OIV bilan yashovchi odamlarning stigmatizatsiyasini kamaytirishga ko‘maklashishdan iboratdir.
O‘zbekistonda media rivoji va xalqaro aloqalar muhokama qilindi
Mass-media fondi va EUROUZ tomonidan milliy va xorijiy OAV hamda korporativ sektor vakillari ishtirokida tashkil etilgan tadbirda, O‘zbekistonda media sohasini rivojlantirish istiqbollari, xalqaro kommunikatsiya standartlarini joriy etish va sifatli kontent yaratish masalalari muhokama qilindi. Tadbirda korporativ aloqalarning mamlakat imijiga ta’siri hamda jurnalistlarning malakasini oshirishning ahamiyati ta’kidlandi.