Mass-media fondi va Milliy media birlashmasi hududiy OAV uchun intervyu olish texnikasi bo‘yicha trening o‘tkazdi

26 - Iyun, 2025

O‘tayotgan “OAV haftaligi” doirasida Mass-media fondi O‘zbekiston Milliy media birlashmasi bilan hamkorlikda hududiy telekanallar xodimlari uchun “Intervyu texnikasi: samimiy va mazmunli javob olish uchun qanday savol berish kerak?” mavzusida trening o‘tkazdi.

Tadbirning maqsadi – hududiy medialar vakillarini suhbatdosh bilan intervyu davomida ishonch o‘rnatish va chuqur tahliliy intervyular olish usullari bilan tanishtirishdan iborat.

Treningda ma’ruzachi sifatida taniqli jurnalist va bloger Aziza Qurbonova ishtirok etdi. Ma’ruzachi intervyu uchun mavzu tanlash, tayyorgarlik ko‘rish, qoliplardan qochish va norasmiy javoblar olish haqida so‘zladi. Savollar tuzish usullari va tinglash texnikasiga alohida e’tibor qaratildi.

Ishtirokchilar real misollarni ko‘rib chiqdilar, xatolar va kasbiy qiyinchiliklarni muhokama qildilar hamda tajriba almashdilar.

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring