Mass-media fondi tomonidan YXHTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mitasi hamkorligida sun’iy intellektning media sohasiga ta’siriga bag‘ishlangan ekspertlar davra suhbati tashkil etildi.
Mass-media fondi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi hamda YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi bilan hamkorlikda sun’iy intellekt texnologiyalarining mediamuhitga ta’siriga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazdi.
Sun’iy intellekt tahririyatlar imkoniyatlarini kengaytirmoqda: jurnalistlar katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish, matnlarni tahrirlash, tasvir va videolar yaratishda chat-botlardan foydalanmoqda. Texnologik taraqqiyot mediajarayonlarning arxitekturasini o‘zgartirmoqda. Media sohasida sun’iy intellektni tartibga solish maqsadida joriy yilda O‘zbekiston qonunchiligiga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi.
Davra suhbati ishtirokchilari — jurnalistlar, deputatlar, matbuot xizmatlari va texnologik kompaniyalar vakillari mediada sun’iy intellektning joriy etilishi dinamikasini muhokama qildilar. Ekspertlar sun’iy intellekt va ommaviy axborot vositalari sohasini tartibga soluvchi huquqiy tamoyillarga alohida to‘xtalib o‘tdilar.