Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi delegatsiyasi va Mass-media fondi jurnalistlar uchun qo‘shma treninglar o‘tkazishga kelishib oldi

11 - Fevral, 2026
ICRC Uchrashuv

Mass-media fondida Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

XQXQ neytral va mustaqil tashkilot sifatida qurolli mojarolardan jabr ko‘rgan insonlarga gumanitar va psixologik yordam ko‘rsatadi, shuningdek, ularning himoyasini ta’minlaydi.

Uchrashuv davomida delegatsiya vakillari O‘zbekistonni tinchlik hukm surayotgan mamlakat sifatida qayd etdi. Shu bilan birga, tomonlar mahalliy jurnalistlar dunyoning turli nuqtalaridagi qurolli mojarolar bilan bog‘liq kontentni tayyorlashga majbur bo‘lishlarini ta’kidladilar. Bunday ish yuqori professionallikni va axloqiy me’yorlarga qat’iy rioya qilishni talab qiladi.

Mass-media fondi va XQXQ mintaqaviy vakolatxonasi rahbariyati jurnalistlarning huquqiy va axloqiy kompetensiyalarini mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma treninglar o‘tkazishga kelishib oldi.

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring