Toshkentda SHE LEADS loyihasi doirasida gender zo‘ravonligiga qarshi trening o‘tkazildi
12 - Noyabr, 2024
Bugun Toshkent shahrida “SHE LEADS” loyihasi doirasida raqamli makonda gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi kurashga bag‘ishlangan navbatdagi trening o‘tkazildi. Tadbir Mass-media fondi va “Umumiy manfaatlarni izlash” xalqaro nodavlat tashkilotining O‘zbekistondagi filiali tomonidan tashkillashtirildi.
Ishtirokchilar xotin-qizlarning raqamli makondagi huquqlari, xavfsiz onlayn makon yaratish yo‘llari, stereotiplar va dezinformatsiyaga qarshi kurashish masalalarini muhokama qildilar.
Shu kabi treninglar orqali O‘zbekistonda raqamli savodxonlikni oshirish va xavfsiz internet makonini yaratish rejalashtirilgan.
Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring