Bugun Toshkentda BAAning Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan Mass-media fondi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi bilan hamkorlikda OAV vakillari va blogerlar uchun brifing boʻlib oʻtdi. Tadbir joriy yilda o‘tkaziladigan BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi ishtirokchilarining 28-konferensiyasiga (COP28) bag‘ishlandi.

15 - Noyabr, 2023

BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi ishtirokchilarining 28-konferensiyasi joriy yilning 30-noyabrdan 12-dekabriga qadar Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadi. Mazkur xalqaro tadbir o‘z oldiga global isishni 1,5 darajadan ortiq oshmasligini ta’minlash, rivojlanayotgan mamlakatlarda iqlim o'zgarishi bo'yicha dasturlarni moliyalashtirish va yashil investitsiyalarni ko'paytirish kabi ulkan maqsadlarni qo‘ygan.


Brifingda Oʻzbekistonning ekologiya sohasidagi yutuqlari, yashil rivojlanish boʻyicha mamlakat tajribasi va respublikaning COP 28dagi ishtirokiga oid asosiy ma’lumotlar taqdimoti boʻlib oʻtdi. Shuningdek, tadbirda keng jamoatchilik fikrini ushbu masalaga jalb etish maqsadida ommaviy axborot vositalari vakillarini ekologik kun tartibida faolroq ishtirok etishga chaqirildi.


Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring