Bugun Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi Nozima Davletova va Fond direktori Akramjon Fozilov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi bo‘yicha vakili Tereza Ribeyro boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
15 - Noyabr, 2023

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan ishlab chiqilayotgan Axborot kodeksi loyihasi asosiy muhokama mavzusi bo‘ldi. Kodeksning amaliy hujjatga aylanishi uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.
Tomonlar, shuningdek, media sohasidagi so‘nggi o‘zgarishlarni muhokama qildilar hamda O‘zbekistonda jurnalistlarning kasbiy faoliyatidagi to‘siqlarning oldini olish bilan bog‘liq masalalarga to‘xtaldilar.
Bundan tashqari, uchrashuvda 17-noyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan hamkorlikdagi gender-nozik jurnalistikani rivojlantirish masalalariga oid davra suhbatiga e’tibor qaratildi.
Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring