Bugun Mass-media fondi rahbarlari Nozima Davletova va Akramjon Fozilov YUNESKOning Aloqa va axborotlashtirish bo‘yicha maslahatchisi Marius Lukosiunas hamda huquq va demokratiya bo‘yicha xalqaro ekspert Tobi Mendel bilan uchrashdi.

18 - Iyul, 2023
юнеско3

Uchrashuv davomida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan ishlab chiqilgan Axborot kodeksi loyihasi, xususan, undagi axborot olish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Hujjatning tuzilishiga hamda kodesk loyihasini tayyorlashdan ko‘zlangan maqsadlarga alohida e’tibor qaratildi.


Mass-media fondi jamoatchilik faollari va media sohasi vakillarini mazkur qonun loyihasiga faol e’tibor qaratishga chaqiradi. Fond jamiyat manfaati uchun xizmat qiladigan qonun loyihasi yaratish jarayonini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring