Markaziy Osiyodagi Xalqaro qizil xoch qo'mitasi mutaxassislarining qurolli mojarolar haqidagi sharhlari
Mass-media fondi Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi, O‘zbekiston Qizil yarimoy jamiyati va Prezident Administratsiyasi huzuridagi OAV uchun kontent tayyorlash markazi bilan hamkorlikda o‘quv seminari o‘tkazdi. Seminar “OAV va xalqaro gumanitar huquq” mavzusiga bag‘ishlandi.
Afsuski, bugungi dunyo zo‘ravonlikning kuchayishiga tobora ko‘proq duch kelmoqda. Bunday murakkab bir sharoitda jurnalistlar va blogerlar zimmasiga voqealarni imkon qadar xolis yoritishdek ulkan mas’uliyat yuklanadi.
Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasi spikerlari ishtirokchilarga qurolli mojarolar paytida rioya qilinishi lozim bo‘lgan xalqaro gumanitar huquq normalari haqida ma’lumot berdilar.
Ekspertlar inqirozli vaziyatlarni yoritish masalalariga alohida to‘xtalib, eng og‘ir sharoitlarda xolislik va betaraflikni qanday saqlash kerakligini so‘zlab berdilar.
Seminar yakunida matbuot vakillari ushbu mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.