Bugun Mass-media fondi Vasiylik Kengashining raisi Komil Allamjonov Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian bilan uchrashdi.
Tadbirda fond direktori Nozima Davletova, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi dasturlari menedjeri Doniyor Qo‘chqorov, matbuot va axborot maslahatchisi Nargiza Aliqulova ishtirok etdi.
Tomonlar OAV rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, jurnalistlarni himoya qilish, axborotdan erkin foydalanish, gender tengligi kabi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha fikrlarning mushtarakligini tasdiqladilar.
Uchrashuv o‘zaro ishonch va iliqlik ruhida o‘tdi. Dolzarb masalalar muhokamasidan so‘ng, yaqin hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini ishlab chiqishga qaror qilindi.
Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring