Mass-media direktori YXHTning so‘z erkinligi va OAV masalalari bo‘yicha konferensiyasida ma’ruza qildi

03 - Oktyabr, 2024
osce

1-11-oktyabr kunlari Polsha poytaxti Varshavada Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosining (DIIHB) Insoniylik mezonlari bo‘yicha anjumani o‘tmoqda. Mass-media fondi direktori O‘zbekistonda OAV erkinligiga bag‘ishlangan yalpi majlisda so‘zga chiqdi.


Milliy mass-mediani rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamoat jfondi direktori Jahongir Azimov insoniy mezon bo‘yicha Varshava anjumanida nutq so‘zladi.


Ushbu har yili bo'lib o'tadigan tadbirning maqsadi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT)ning inson huquqlariga rioya etish va demokratiyani rivojlantirishga oid keng qamrovli majburiyatlari bajarilishini muhokama qilish, shuningdek, bu sohalardagi ilg‘or tajribalarni almashishdir. Bu yil anjuman Malta Respublikasi raisligida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT)ning Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosining (DIIHB) ko‘magida o‘tkazilmoqda.


Yalpi majlisdagi ma’ruzasida Jahongir Azimov shunday dedi:

"O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari davlat faoliyatini kuzatib borish vazifasini bajarishda davom etmoqda. Mamlakatimiz OAV korrupsiya holatlarini fosh etishda faol ishtirok etib, O‘zbekistondagi suv tanqisligi, yo‘l-transport hodisalari oqibatida yuz berayotgan o‘lim holatlari, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash tizimining yetarli darajada rivojlanmaganligi kabi dolzarb mavzularni ko‘tarmoqda. O‘zbekiston ochiqlik va shaffoflik yo‘liga o‘tganidan beri OAV vakillari davlat qarorlarini qabul qilishda xalq manfaatlari ustuvor bo‘lishini ta’minlashda hal qiluvchi rol o‘ynamoqda."


Mass-media fondi direktori, shuningdek, O‘zbekiston OAVda o‘z kasbiy faoliyatini yanada takomillashtirish uchun ko‘plab imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi. Bu ham yoritilayotgan mavzular doirasini kengaytirish, ham turli idoralarning matbuot xizmatlari bilan hamkorlik sifatini yaxshilashga taalluqlidir.


Ma’ruzaning ingliz tilidagi to‘liq matni quyidagi havola orqali mavjud.

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring