Mass-media fondi YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasida jurnalistlar va muharrirlar uchun trening o‘tkazishga ko‘maklashdi

20 - Aprel, 2026
UNESCO-MMF-Training-2026-04

Mass-media fondi O‘zbekiston mediasi jurnalistlari va muharrirlari uchun to‘rt kunlik trening o‘tkazilishiga ko‘maklashdi. Tadbir YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) hamda Prezident Administratsiyasi huzuridagi OAV uchun kontent tayyorlash markazi tomonidan tashkil etildi.

Xorijlik va o‘zbekistonlik trenerlar ishtirokchilarga ijtimoiy-siyosiy voqealarni, genderga oid nozik mavzularni yoritish, shuningdek, jurnalistika faoliyatida sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlarni yetkazishdi. Ekspertlar alohida sessiyalarni media huquqi masalalariga bag‘ishladilar.

Rasmlar: YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring