Publikatsiyalarni/postlarni verifikatsiya qilish: Jorj Chen bilan o'tkaziladigan vorkshopda eng ko'p so'raladigan savollar.
Publikatsiyalarni/postlarni verifikatsiya qilish: Jorj Chen bilan o'tkaziladigan vorkshopda eng ko'p so'raladigan savollar.
Jorj Chen — Meta kompaniyasining Xitoy, Mo'g'uliston va Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat siyosati masalalari bo'yicha boshqaruvchi direktori.
Meta kompaniyasida ish boshlashdan avval Jorj media sohasida o'n yildan ortiq faoliyat yuritgan, jumladan South China Morning Post xalqaro nashrining bosh muharriri, shuningdek Shanxay va Gonkongda Reuters va Dow Jones agentliklarida muharrir va loyiha menejeri lavozimlarida ishlagan. Jorj Chenning karyerasi xalqaro OAV, ilmiy doiralar va hozirgi kunda davlat siyosatini qamrab oladi.
26-sentyabr kuni 13:00 Milliy mass-mediani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan tashkil etilgan seminar bo'lib o'tadi, unda Jorj Chen nafaqat o'z tajribasi bilan o'rtoqlashadi, balki bugungi kun uchun juda dolzarb bo'lgan mavzu — ma'lumotning haqiqatga muvofiqligini verifikatsiya qilish va aniqlash usullari haqida ham ma'lumot beradi.
Haqiqatni feykdan ajratish usullarini o'rganishni xohlaysizmi? Sizni Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi, "Ma'naviyat va ma'rifat" binosida o'tkaziladigan vorkshopda kutib qolamiz.