Milliy mass-media fondi tashabbusi bilan Toshkentda «Meta» kompaniyasiningXitoy, Moʼgʼuliston va Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat siyosati masalalari boʼyicha boshqaruvchi direktori Jorj Chen hamda kompaniyaning hamkorlar, davlat va nodavlat tashkilotlari bilan ishlash boʼyicha mintaqaviy menejeri Аvrora Li ishtirokida vorkshop boʼlib oʼtdi.
Milliy mass-media fondi tashabbusi va koʼmagi bilan Toshkentda «Meta» kompaniyasining Xitoy, Moʼgʼuliston va Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat siyosati masalalari boʼyicha boshqaruvchi direktori Jorj Chen hamda kompaniyaning hamkorlar, davlat va nodavlat tashkilotlari bilan ishlash boʼyicha mintaqaviy menejeri Аvrora Li ishtirokida vorkshop boʼlib oʼtdi. Vorkshop mavzusi — «Verifikatsiya va haqiqatga muvofiqligini aniqlash usullari».
«Meta» kompaniyasining vakillari bilan uchrashuvda jurnalistlar, blogerlar va inflyuenserlar ishtirok etdi.
Tadbirda mutaxassislar tomonidan ijtimoiy tarmoq algoritmlari qanday ishlashi, auditoriyaning faolligini oshirish uchun ijtimoiy tarmoq sahifalarini malakali boshqarish usullari, «Facebook», «Instagram» tarmoqlaridagi «Stories» boʼlimidan samarali foydalanish va akkauntlarni blokirovka qilishning ehtimoliy sabablari haqida batafsil maʼlumot berildi. Ushbu resurslarda reklama kompaniyalarini tashkil etishga alohida keys ajratildi.