Fond direktori Nozima Davletova Mass-media fondi ofisida YUNESKO delegatsiyasi bilan uchrashdi.
Fond direktori Nozima Davletova Mass-media fondi ofisida YUNESKO delegatsiyasi bilan uchrashdi. Muzokaralarda YUNESKOning axborot-kommunikatsiya sektori rahbari Jakko Dyu Tua, sektor maslahatchisi Maryus Lukoshyunas, YUNESKOning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Sara Nishadi va boshqa mutaxassislar, shuningdek AOKA vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvning asosiy mavzusi —joriy yilning sentyabr oyida Xalqaro axborotdan erkin foydalanish kuniga bag'ishlab o'tkaziladigan, oliy darajadagi xalqaro tuzilmalar rahbarlari ishtirok etadigan YUNESKO konferensiyasining tashkiliy masalalarini muhokama qilish bo'ldi. Konferensiya yakunida "YUNESKOning Toshkent deklaratsiyasi”ni qabul qilish rejalashtirilgan.
Nozima Davletova mehmonlarga Fond tomonidan hozirgi kunda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida so'zlab berdi. YUNESKO vakillari O'zbekistonda faktcheking platformasini yaratish, media sohasi vakillarining huquqiy savodxonligini oshirish va OAVda yoritiladigan gender masalalariga oid materiallar sifatini oshirishga qaratilgan loyihalarga alohida qiziqish bildirdi. Ular ushbu sohalarda hamkorlikka qiziqish va amaliy yordam ko'rsatishga tayyor ekanini aytib o'tdi.