Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi yangi taʼlim loyihasini boshlamoqda. Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri ommaviy axborot vositalari sohasida ishlaydigan mutaxassislar uchun ham, ommaviy axborot vositalari bilan ishlaydigan yoki ular bilan o‘zaro aloqada bo‘lganlar — matbuot kotiblari va rasmiylar uchun ham malaka oshirish jarayoni amalga oshiriladigan platforma.
Har bir taklif qilinadigan kurs bir-birini takrorlamaydi va tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda aniq maqsadli auditoriya uchun mo‘ljallangan.
Jurnalistlar va blogerlar uchun o‘quv kurslarining asosiy maqsadi — kasbiy va ijodiy salohiyatni oshirish, kontentni vizualizatsiya qilish, yangi usullardan foydalangan holda maʼlumotlar taqdim etish, SMM menejmenti ko‘nikmalarini oshirish. Ommaviy axborot vositalarida huquqiy savodxonlikni oshirishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Matbuot kotiblari zamonaviy media-kontentni, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar uchun tegishli va tezkor materiallarni tayyorlash, informatsion sabablar yaratish, shuningdek PR materiallari va didjital formatdagi press-relizlarni tayyorlash uchun onlayn vositalardan foydalanish bo‘yicha yangi bilimlarga ega bo‘lishlari mumkin.
Vazirlik va idoralar xodimlari uchun kurslar axborot madaniyati sohasidagi bilimlarini oshirish, jamoatchilik bilan va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni, jamoat oldida so‘zlashish, shuningdek inqirozli kommunikatsiyalar bo‘yicha bilimlarni shakllantirishga mo‘ljallangan.