Mass-media fondida OAV va blogerlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuva axborot kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Tadbirda Mass-media fondi Vasiylik Kengashining raisi Komil Allamjonov, Fondning rahbar xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti va Markaziy Osiyo xalqaro instituti ekspertlari, jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori o'rinbosari Sanjar Valiyev, institutning mintaqalararo tadqiqotlar markazi rahbari Amir Salamov, Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori o'rinbosari Baxtiyor Mustafoyev jurnalistlarning savollariga javob berdi.
Ishtirokchilar taʼkidlaganidek, uchrashuv konstruktiv ruhda o‘tdi va unda ko‘plab maʼlumotlar almashindi.