Bugun Mass-media fondi va Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida global media va axborot savodxonligi haftaligi doirasida OAV mutaxassislari uchun “Inqirozli vaziyatlarda jurnalistika etikasi” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Seminarda ma’ruzachi sifatida France 24 telekanali katta muxbiri va boshlovchisi Yelena Voloshina ishtirok etdi.

27 - Oktyabr, 2023
France main

Fond Vasiylik kengashi raisi Nozima Davletova jahonda propaganda va jurnalistika o‘rtasidagi farqlarni aniqlashda muammolar borligi sababli mazkur tadbirning dolzarbligini ta’kidladi.

— Biz “haqiqatdan keyingi davr”da yashayapmiz va ayniqsa, ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun obyektiv haqiqat va faktlar hamda subyektiv fikrni o‘rnatishga urinishlar o‘rtasidagi farqni ajrata olish juda muhim.


Seminar-trening davomida ma’lumotlarni taqdim etishda “fakt”, “fikr”, “versiya” kabi jihatlar atroflicha muhokama qilindi. Kontent yaratishda, ayniqsa ziddiyatli vaziyatlarga tegishli ma’lumotlar borasida jurnalistika etikasiga alohida e’tibor qaratish muhimligi ta’kidlandi. Ta’kidlanganidek, mazkur holatlarda birinchi o‘rindagi masala sifatida yangiliklarni yetkazib berish tezligi emas, balki faktcheking turishi kerak. Chunki bunday ma’lumotlar ko‘pchilikning manfaatlariga ta’sir qiladi va xatolar keng ko‘lamli salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.


Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring