Bugun Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining (YXHT) O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori bilan hamkorlikda “Raqamlashtirish davrida ommaviy axborot vositalari erkinligi” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi.
10 - Iyul, 2023
Davra suhbati doirasida ishtirokchilar jurnalistika sohasida sun’iy intellektdan (SI) foydalanish imkoniyatlari va bu borada yuzaga keladigan xavflarni tahlil qildi.
Davra suhbatining asosiy xulosalaridan biri bu jurnalistikada sun’iy intellektdan foydalanishda, jumladan faktlarni tekshirishda shaffoflik va javobgarlik muhimligi bo'ldi. Ekspertlar fikricha, jurnalistikaning ishonchliligi, aniqligi va mustaqilligini ta'minlash yo'lida sun'iy intellektdan samarali foydalanish, o'z navbatida avtomatlashtirish va inson roli o'rtasidagi muvozanatni talab qiladi.
Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring