Polshalik jurnalist bilan uchrashuv

02 - Fevral, 2021

Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov polshalik jurnalist Agneshka Pikuliskaya bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida jurnalistning O‘zbekistondagi faoliyati doirasidayuzaga kelgan vaziyat va mamlakatda akkreditasiya olishdagi qiyinchiliklar atroflicha muhokama qilindi. Ushbu vaziyat tez orada bartaraf etilishi va tegishli qarorlar qabul qilinishiga umid bildirildi.

K.Allamjonov, o‘z navbatida, Fond ham milliy, ham xorijiy jurnalistlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini aytib, Agneshka Pikuliskaya bilan kelgusida hamkorlik qilish istagini bildirdi.


Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring