Qiziqtirmoq, aytib bermoq, ishontirmoq

21 - Oktyabr, 2020
Public-Speaking

Ommaviy axborot vositalari sohasining vakillari uchun notiqlik mahorati bo‘yicha trening bo‘lib o‘tdi.

Mass-media fondi YEXHT ning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi bilan hamkorlikda mass-media sohasining vakillari uchun 19-21 oktyabr kunlari o‘tkazilgan notiqlik mahorati bo‘yicha treningni tashkil etdi. Notiqlik mahorati – ishontira olish qobiliyatidan foydalangan holda auditoriyaga taʼsir etish mahoratidir. Bu ko‘nikma jamoatchilik bilan ishlaydigan, tushuntirish ishlarini olib boradigan hamda g‘oya, maqsad va vazifalarni keng jamoatchilikka yetkazib berishi kerak bo‘lgan har bir inson uchun zarurdir.Aynan shuning uchun ushbu kurs juda dolzarb va talab etilgan kursdir.

Mashg‘ulotlarni «Notiqlik mahorati maktabi» kursining rahbari, notiqlik mahorati bo‘yicha maslahatchi Elshod Hafizov olib bordi. Trening davomida jamoat oldida nutq so‘zlashga tayyorgarlik ko‘rish, nutq texnikasi, noverbal kommunikatsiya, psixologik usullar va boshqa shu kabi mavzular yoritildi.

Shu bilan birga, Mass-media fondi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan bunday o‘quv kurslarining asosiy g‘oyasi kurs ishtirokchilari olgan bilimlarini o‘z hamkasblari bilan baham ko‘rishlari orqali mass-media sohasi xodimlarining umumiy malaka darajasini oshirishdan iboratdir.

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring