Bugun Mass-media fondi “Ekolog” jamoat birlashmasi bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi Vebster universitetida “Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda OAV va ta’limning o‘rni” mavzusida media yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar bilan ochiq suhbat o‘tkazdi.
25 - Aprel, 2024

Asosiy e’tibor ekologik muammolar, ularning kelib chiqish sabablari, oqibatlari va tabiatni asrash bilan bog‘liq barcha muhim fikrlarni keng jamoatchilik e’tiboriga to‘g‘ri yetkazishda OAVning roliga qaratildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarni ekologik harakatga keng jalb etish, ularning ekologik muammolarga oid bilim va dunyoqarashini kengaytirish hamda bo‘lajak media mutaxassislari sifatida talabalarda ushbu mavzu bo‘yicha faol pozitsiyani shakllantirishdan iborat edi.
Fond direktori A.Fozilov o‘z nutqida OAV atrof-muhitning bugungi holati, ekotizimning ifloslanishi bilan bog‘liq muammolar to‘g‘risida ma’lumot yetkazish orqali keng jamoatchilikni muammo ko‘lamini anglab, uning jiddiyligini his etib, ekologik vaziyatni yaxshilash yo‘lida harakat qilishga undashi mumkinligini ta’kidladi.
Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring