Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan ijtimoiy tarmoq texnologiyalari, ularning kontent-meyker va jurnalistlar faoliyatiga ta’siri, shuningdek, bunda foydalanuvchilar qamrovi va faolligiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

25 - Avgust, 2023

Seminarda asosiy ma’ruzachi sifatida tajribali jurnalist, Gonkong universiteti o‘qituvchisi, Facebook’ning Xitoy, Mo‘g‘uliston va Markaziy Osiyoda mintaqasi bo‘yicha sobiq boshqaruvchi direktori Jorj Chen qatnashdi.


Seminarda mamlakatimizning barcha hududlaridan 70 dan ortiq ommaviy axborot vositalari vakillari (onlayn va shaxsan) ishtirok etdi. Seminar davomida ishtirokchilar ijtimoiy tarmoqlar rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari haqida ma’lumotlar hamda Facebook, Twitter, Instagram va LinkedIn kabi platformalarda auditoriyani kengaytirish bo‘yicha amaliy maslahatlar bilan tanishdilar.

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring