Yangi matbuot kotibi tayinlandi

26 - Oktyabr, 2020
ubaydullaev

Ubaydullayev Hikmatilla Shuhratilla o‘g‘li Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.

Bunga qadar Hikmatilla Ubaydullayev 2020 yil 1 iyundan boshlab fan va taʼlimni rivojlantirish xalqaro «Ziyo Forum» fondi direktorining o‘rinbosari, matbuot xizmati rahbari bo‘lib ishlagan.

H. Ubaydullayev 1996 yil 22 iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2017 yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlagan.

Davlat va xususiy tashkilotlarining matbuot xizmatida ishlash tajribasiga ega.

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring