Akromjon Fozilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

03 - Fevral, 2026
AkromFozilovAppointment

Mass-media fondi jamoasi Fozilov Akramjon Murodjon o‘g‘lini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani bilan tabriklaydi.

Sizga mas’uliyatli vazifalarni amalga oshirishda va yurtimiz ravnaqi yo‘lida samarali faoliyat yuritishda kuch-g‘ayrat tilaymiz. Ishonchimiz komilki, sizning tajribangiz, keng dunyoqarashingiz, yuksak mahoratingiz va vatanparvarligingiz axborot siyosati hamda kommunikatsiyalarni rivojlantirishda muhim tayanch bo‘ladi.

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring