Mass-media fondida fond direktori Nozima Davletova va Birlashgan millatlar tashkiloti Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda OAV sohasini qo‘llab-quvvatlash va xotin-qizlar huquqlarini mustahkamlash kabi strategik va muhim sohalarda hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Tomonlar ushbu sohalarda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida o‘zaro maʼlumot almashib, kelgusida o‘z saʼy-harakatlarini umumiy manfaatlar va qadriyatlar asosida birlashtirish yuzasidan o‘z qarashlarini taqdim etdilar.
Matilda Dimovska BMTTD vakolatxonasi respublikada OAV sohasining holatini tahlil qilib, uning yana-da rivojlanishiga turtki bo‘ladigan xatti-harakatlarni Fond bilan birgalikda o‘rganib chiqmoqchi ekanini taʼkidladi.