21-iyun kuni Milliy mass-mediani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Nozima Davletova va fond direktori Akramjon Fozilov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) Bosh kotibi ofisining gender masalalari bo‘yicha katta maslahatchisi Lara Skarpitta xonim va YXHTning gender tengligi masalalari bo‘yicha maslahatchisi Elmaya Bavchich xonim bilan uchrashdi.
22 - Iyun, 2023
Skarpitta xonim: “Zo'ravonlik qattiq jazolanishi kerak. Bu borada O‘zbekiston ayollar va voyaga yetmaganlarni himoya qilish bo‘yicha yangi qonunni qabul qilish orqali muhim qadam tashladi”, deya ta'kidladi.
“Davlat yangi qonunni qabul qilish orqali ayollarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi kurashayotgani haqida aniq xabar berdi. Endi buni amalda ko‘rsatish kerak”, — dedi Fond Vasiylik kengashi raisi Nozima Davletova.
Tomonlar, shuningdek, qabul qilingan qonunning to‘liq ijrosini ta’minlash masalalari hamda bu borada medianing rolini muhokama qilishdi.
Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring