Mass-media fondi direktori Nozima Davletova rahbarligida Meta kompaniyasining Boshqaruvchi direktori hamda Katta Xitoy, Mo‘g‘uliston va Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat siyosati masalalari bo‘yicha rahbari Jorj Chen bilan navbatdagi onlayn uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish bilan bog‘liq qator muhim masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, TIV va O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari xodimlari uchun raqamli diplomatiya bo‘yicha vebinar o‘tkazish mavzusi ham atroflicha muhokama qilindi.
Ushbu vebinar diplomatlarimizga xalqaro axborot makonida kengroq auditoriyani qamrab olish va mamlakat manfaatlarini samarali ilgari surish maqsadida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning eng samarali ko‘nikmalarini egallash imkonini beradi.
Ushbu vebinarning o‘tkazilishi Fond va Meta o‘rtasidagi amaliy hamkorlikning birinchi qadami bo‘ladi.