Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda ommaviy axborot vositalarida samarali boshqaruv bo‘yicha seminar-trening o‘tkazdi.
17 - Avgust, 2023
Seminarda asosiy ma’ruzachi sifatida taniqli fransuz jurnalisti va tajribali media rahbar, France 24 telekanali muharriri, shuningdek, Fransiya media akademiyasi (France Medias Monde) direktori Antuan Kormeri ishtirok etdi.
Seminarda medianing turli sohalaridan 100 dan ortiq ishtirokchilar: jurnalistlar, bloggerlar va boshqa ekspertlar qatnashdi. Seminar-trening davomida ishtirokchilar OAV boshqaruvidagi zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldi. Fond mazkur loyiha doirasida Fransiya elchixona bilan hamkorlikni davom ettiradi. Yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda kuzatib boring.
Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring