O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida Turkistondagi jadidchilik harakati tarixiga bag‘ishlangan “Xotira yo‘lagi” ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.
19 - Yanvar, 2024
Kuni kecha O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida Turkistondagi jadidchilik harakati tarixiga bag‘ishlangan “Xotira yo‘lagi” ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.
Ochilish marosimida Mass-media fondi direktori Akramjon Fozilov so‘zga chiqib, bu kabi ko‘rgazmalar va tadbirlar keng jamoatchilikka, ayniqsa, yoshlarga yurtimiz tarixiy merosini o‘rganish, o‘tmish davri voqealarini anglash hamda jadid ma’rifatparvarlari g‘oyalari bilan yaqindan tanishish imkonini berishini ta’kidlab o‘tdi.
Ko‘rgazma joriy yilning 18-fevraligacha davom etadi.
Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring