Mass-media fondi direktori O‘zbekistondagi so‘z erkinligi va inklyuzivlikka bag‘ishlangan sessiyani olib bordi

02 - May, 2026

Toshkentda “EU-Tabassum: media-diskurs transformatsiyasi va yangi ovozlar rivoji” nomli milliy anjuman o‘z yakuniga yetdi. Uning doirasida “Media Ayvon – 2026” milliy mediaforumi bo‘lib o‘tdi. Mass-media fondi O‘zbekistonda so‘z erkinligi va inklyuzivlik masalalariga bag‘ishlangan panel sessiyasini o‘tkazishga ko‘maklashdi.

Ekspertlar — jurnalistlar, bosh muharrirlar va PR-mutaxassislar so‘z erkinligi chegaralariga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni muhokama qildi. Spikerlar ta’kidlaganidek, moliyaviy barqarorlik va professional yoritish jarayoni OAV mustaqilligini mustahkamlashi mumkin.

Ushbu anjuman Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi tomonidan amalga oshirilayotgan hamda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan “EU-Tabassum” loyihasining bir qismidir. Loyiha media ko‘nikmalarini rivojlantirish, gender tengligini ilgari surish, shuningdek, xotin-qizlar va yoshlar imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring