Kuni kecha Toshkent viloyatida “Sud tizimini mustahkamlash” loyihasi doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun uch kunlik seminar-trening (https://t.me/oliysuduz/33474) o‘z ishini boshladi.

29 - Sentyabr, 2023
Суд1

Trening O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, USAID va East-West Management Institute NTT tomonidan Mass-media fondi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.


Trening avvalida Fond direktori Akramjon Fozilov so‘zga chiqib, media vakillarining sud jarayonlarini yoritish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda sud faoliyatining dolzarb masalalari bo‘yicha o‘zaro tajriba va fikr almashishlari muhimligini ta’kidladi.


Seminar davomida ishtirokchilar sud jarayonlari bilan bog‘liq mavzularni ommaviy axborot vositalarida yoritishning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadilar. Shuningdek, zo‘ravonlik haqida kontent yaratishda etika va mas’uliyat masalalarini muhokama qiladilar hamda jurnalistik surishtiruvni olib borish va tahliliy materiallar tayyorlash bo‘yicha fikr almashadilar.

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring