Raqamli muhitda nafrat anatomiyasi: tarmoqdagi toksiklikni qanday aniqlash va zararsizlantirish mumkin

Ushbu kurs YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar bo‘yicha Koordinatori ofisi ko‘magida Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan.

O‘quv dasturidan nimalarni kutish mumkin?

Kursning birinchi bo‘limi nazariy va huquqiy asoslarni chuqur o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda BMT, YXHT va Yevropa inson huquqlari konvensiyasining xalqaro standartlari nuqtayi nazaridan nafrat tili nima ekanligi aniq tushuntirib beriladi.

Kurs foydalanuvchilari xalqaro me’yorlarlarning Markaziy Osiyo davlatlarining, xususan, O‘zbekiston voqeligiga qanday tatbiq etilishini bilib oladilar. Ushbu modulning asosiy vazifasi — fikr bildirish erkinligiga oid asosiy huquq bilan “hate speech”ga qonun yo‘li bilan qo‘yilgan taqiq o‘rtasidagi nozik chegarani aniq ko‘ra olishga o‘rgatishdir.

Ikkinchi bo‘lim toksiklikni amaliyotda aniqlash va tahlil qilishga bag‘ishlangan. Unda nafratning onlayn-muhitda kuchayish mexanizmlari, ijtimoiy tarmoq algoritmlari va tavsiya qilish tizimlari tajovuzni qanday qilib sun’iy ravishda kuchaytirayotgani batafsil ko‘rib chiqiladi. "Kurs “hate speech”ning asosiy turlarini — etnik, gender, diniy va siyosiy nafratni, shuningdek, raqamli ta’qibni qamrab oladi.

Raqamli hujum turlariga — muvofiqlashtirilgan kampaniyalarga, bot bosqinlariga, trollarga va reyd-hujumlarga alohida e’tibor qaratilgan. Ularga samarali qarshi turish maqsadida OSINTyondashuvlari, toksiklik indikatorlari va platforma monitoringi vositalari taqdim etilgan. Bu media maydonni chuqur tahlil qilish, har qanday bayonotning xavf-xatari va potensial zararini malakali baholash imkonini beradi.

Uchinchi modul tahririyatlar va kanallarga ishonchli himoya tizimini qanday qurish, samarali moderatsiya siyosatini yaratish hamda nizolarning oldini olish usullari to‘g‘risida ma’lumot berishga qaratilgan.

Bu yerda tajovuzga qarshi javob berishning tayyor taktikalari hamda keng ko‘lamli raqamli hujumlar paytida jurnalistlar va tahririyatni himoya qilish bo‘yicha bosqichma-bosqich ko‘rsatmalar keltirilgan. Shikoyatlarni to‘g‘ri taqdim etish, IT-platformalar bilan o‘zaro hamkorlik qilish va mavjud huquqiy mexanizmlardan foydalanish haqida ma’lumot beriladi. Taklif etilayotgan barcha strategiyalar YXHT, YUNESKO va BMT tomonidan tasdiqlangan yuksak axloqiy javob qaytarish standartlariga asoslanadi.

Nazariyadan amaliyotga: bilimlarni sinash

O‘quv jarayoni olingan ko‘nikmalarni amalda qo‘llashga maksimal darajada yo‘naltirilgan. Materialning o‘zlashtirilishini nazorat qilish uchun ko‘p bosqichli tizim ko‘zda tutilgan: modullar bo‘yicha atamalarning batafsil glossariysi, bilimlarni tekshirish bo‘yicha oraliq testlar va amaliy mashq topshiriqlari mavjud. Materialni mustahkamlashning yakuniy bosqichi sifatida to‘laqonli laboratoriya ishi taqdim etiladi.

Ushbu kurs — internet maydonini yanada xavfsiz va sog‘lom qilishga intilayotgan jurnalistlar, moderatorlar va barcha qiziquvchilar uchun zarur vositadir.


https://edu.mjdc.uz/hatespeech

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring