Gyunter Overfeld: «O‘zbekistonda boshlangan islohotlar aynan OAV sohasida juda yaxshi amalga oshirilyapti»
Bugun Mass-media fondida Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Gyunter Overfeld bilan uchrashub bo‘lib o‘tdi. Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov va Gyunter Overfeld har ikki tomonni qiziqtirgan dolzarb masalalarni muhokama qildi.
Janob elchi O‘zbekistonda OAV sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga yuqori baho berdi. Uchrashuvimiz davomida sizning so‘nggi paytlarda O‘zbekistonda matbuot erkin tarzda rivojlanib borayotgani va ko‘pchilik matbuot hamda OAV erkinligi qanday bo‘lishini his qilgani haqida aytgan so‘zlaringizga qo‘shilaman.
Bizning federal hukumatimiz hamda O‘zbekistondagi elchi sifatida men, albatta, aynan jurnalistika va matbuot erkinligi sohasida juda katta natijalarga erishilganligiga guvoh bo‘lib turibmiz va bu yo‘nalishda shahdam qadamlar tashlanganiga urg‘u berib o‘tmoqchiman.
Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlar bilan taqqoslaganda, katta ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berganini aniq ko‘rishimiz mumkin. O‘zbekistonda jurnalistika va matbuotning xar xil turlaridan juda faol foydalanilmoqda. Bularga yosh blogerlar, ijtimoiy media va boshqalarni misol sifatida keltirishimiz mumkin.
Ular ancha faollashdi va bu ijobiy ahamiyatga ega haqiqatdir. Biz ushbu natijalarni federal hukumat vakillari bilan Berlindagi uchrashuvlarimizda muhokama qilganimizni va O‘zbekistonda boshlangan islohotlar aynan ushbu sohada juda yaxshi amalga oshirilayapti deb hisoblashimizni yana bir bor taʼkidlashni istardim.
Fond rahbariyati va elchi Gyunter Overfeld aloqalarni davom ettirish va yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olishdi.