Axborot urushlari va raqamli xavfsizlik: Samarqand va Buxoro jurnalistlari malaka oshirdilar

19 - Dekabr, 2020
buxoro

14–15-dekabr kunlari Samarqand shahrida va 17–18-dekabr kunlari Buxoroda Mass-media fondi va YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori qo‘shma loyihasi doirasida viloyatlarda jurnalistlar uchun malaka oshirish treninglar bo‘lib o‘tdi. Treninglardan ko‘zlangan asosiy maqsad mass-media xodimlarining qonunchilik va jurnalist axloq kodeksi sohasidagi bilimlarini oshirish edi.

Kurslarning umumiy mavzusi zamonaviy jurnalistikaning turli sohalari: qiziqishni oshirish uchun materiallarni yozish va targ‘ib qilish usullari, kontentni vizualizasiya qilish uchun onlayn-vositalar, to‘plangan ma’lumotlarni tekshirish, OAVni raqamlashtirish usullari kabilarni qamrab oldi.

Samarqanddagi kurs qatnashchilari axborot urushlari mavzusiga alohida katta qiziqish bildirgan bo‘lsa, Buxoroda raqamli xavfsizlik bo‘yicha sessiya katta qiziqish uyg‘otdi.

Kurslar interaktiv rejimda o‘tkazilgan bo‘lib, bu individual va jamoaviy ijodiy amaliy vazifalarni bajarishda nazariy qismning barcha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga imkon berdi.

Kurs yakunida tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi. 


Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring