Saida Mirziyoyeva Markaziy Osiyo ayol liderlari dialogi forumida ishtirok etdi
Mass-media fondi Vasiylik Kengashi raisining o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva bugun Toshkentda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo va Afg‘onistonda barqaror rivojlanish uchun ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga bag‘ishlangan xalqaro forumda ishtirok etdi. Forum Markaziy Osiyo ayol liderlari dialogi doirasida o‘tkazildi.
Tadbirda Senat raisi Tanzila Norboyeva, BMT bosh kotibining yordamchisi, BMT taraqqiyot dasturining Yevropa va MDH bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi (YEBMV) direktori Miryana Spolyarich Egger, parlament palatalari, ijtimoiy-siyosiy doiralar vakillari, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan qator elchixonalar rahbarlari ishtirok etdi.
Forumning asosiy maqsadi ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha fikr va tajriba almashish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish, hamkorlikning eng istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonlik tadbirkor ayollar o‘rtasida hamkorlik va biznes sherikchilikni yo‘lga qo‘yishdan iborat.
Xalqaro forum yakunlari bo‘yicha Markaziy Osiyo ayol liderlari dialogining Qo‘shma bayonoti hamda Markaziy Osiyo va Afg‘oniston tadbirkor ayollari o‘rtasida barqaror rivojlanish sohasida hamkorlik borasida yo‘l xaritasi qabul qilindi.