O‘zbekistonda koronovirus infeksiyasining tarqalishi va unga qarshi ko‘rilayotgan choralar bo‘yicha aholini to‘gʼri, xolis va aniq maʼlumotlardan tezkor xabardor qilish maqsadida Koronavirus info (@koronavirusinfouz) rasmiy kanali ochildi.
Ushbu kanal O‘zbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi, Mass-media fondi, AOKA hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkil qilindi.
O‘zbekiston hududidagi virus bilan bogʼliq vaziyat bo‘yicha ishonchli va tasdiqlangan maʼlumotlar faqatgina mazkur kanalda berib borilishini maʼlum qilamiz.
Barcha OAV jurnalistlari va blogerlarni ushbu kanaldan birinchi manbaa sifatida foydalanilish hamda unda tarqatilayotgan xabar va yangiliklarni keng yoritib borishda hamkorlikka chaqiramiz.
Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring