Bugun, 22 noyabr kuni Mass-media fondi Vasiylik Kengashi raisi Komil Allamjonovning Meta (Facebook) kompaniyasining Boshqaruvchi direktori hamda Xitoy, Mo‘g‘uliston va Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat siyosati masalalari bo‘yicha rahbari Jorj Chen bilan onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar Fond va Meta kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik Memorandumini imzolashga, shuningdek, 2022 yilga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar rejasini ishlab chiqishga kelishib oldi.
Shuningdek, muloqot chog‘ida milliy OAV, O‘zbekiston Davlat organlari va mansabdor shaxslarining Meta kompaniyasining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarini verifikatsiya qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tomonlar diplomatik korpus vakillari, Davlat idoralari matbuot kotiblari, jurnalistlar va blogerlar uchun Meta kompaniyasining ijtimoiy tarmoqlarida kontent yaratish, uni boshqarish va dezinformatsiyaga qarshi kurashga bag‘ishlangan qo‘shma o‘quv kurslarini o‘tkazishdan manfaatdor ekanini taʼkidladi.
Yoshlar uchun kiberxavfsizlik sohasida raqamli savodxonlik bo‘yicha maxsus treninglar va ijtimoiy tarmoq platformalari taqdim etayotgan vositalardan foydalanishga bag‘ishlangan maxsus treninglar tashkil etiladi.