Mass-media fondi sizni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi bilan tabriklaydi.
Aziz vatandoshlar!
Mass-media fondi sizni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi bilan tabriklaydi.
Mamlakat mustaqilligi bu davlatning asosiy boyligidir, o‘z hayotimizning egasi bo‘lish, boy tarixiy, madaniy va intellektual merosni saqlash huquqidir.
Mamlakatimiz prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda so‘z va matbuot erkinligi, oshkoralik va shaffoflik tamoyillarini chuqur qaror toptirish, davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini bundan keyin faqat mustahkamlanib borishini alohida ta‘kidladi. Va bu ishda OAV eng asosiy rolni o‘ynashi, ushbu o‘zgarishlarni amalga oshirishda ishonchli hamkorga aylanishi kerak. Shu bilan birga, OAV ba’zi bir qarorlarni qabul qilishda faqat mamlakat ravnaqining manfaatlari, uning kuchli demokratik davlat sifatida shakllanishidan kelib chiqishi kerakligini yodda tutish muhimdir.
Barchangizga sog‘lik, baxt, dadil intilishlar va ijodiy parvozlar tilaymiz! Vatan ravnaqi yo‘lidagi barcha ishlaringizda omad yor bo‘lsin!