“Media va kommunikatsiya maktabi” ning jurnalistlar malakasini oshirish kurslari oʻz ishini boshladi.
Kurslarda ishtirok etish uchun jami 170 dan ortiq ariza qabul qilindi. Ular orasidan nomzodlarga qoʻyilgan talablar va karantinning cheklovchi qoidalarini hisobga olgan holda 12 nafari tanlab olindi.
Darslarning birinchi kuni Oʻzbekiston va xorijda ommaviy axborot vositalari sohasidagi Qonunchilik, psixologik xurujlarni qanday amalga oshirish va ularga qarshi turish, notijorat jurnalistika, auditoriya bilan muloqot qilish, vizualizatsiya va boshqa koʻplab dolzarb mavzularga bagʻishlandi.
Interfaol shaklda oʻtkazilgan har bir taqdimotdan soʻng ishtirokchilar oʻz bilimlarini amaliy vazifalar orqali va oʻyinlar shaklida mustahkamladi.
Pilot kursi, taʼlim maqsadidan tashqari, jahon mass-media sohasidagi mavjud tendensiyalar va ularda qoʻllanilayotgan texnologiyalar haqidagi bilimlarning Oʻzbekiston OAV da amalda qanchalik qoʻllanilayotganini aniqlash maqsadida jurnalistlar jamoatchiligi bilan aloqani yoʻlga qoʻyishga ham qaratilgan.