Milliy TV telekanali va Mass-media fondi koronavirusga bag‘ishlangan yangi loyihani yo‘lga qo‘ydi

19 - Iyul, 2020
Tez yordam

Milliy TV telekanali, Mass-media fondi bir qator elektron OAV lari bilan birgalikda O‘zbekiston aholisining koronavirus infeksiyasi haqidagi bilimlarini oshirishga qaratilgan teledastur namoyishini boshladi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat murakkabligicha qolmoqda. Eng muhim muammolardan biri bu aholining koronavirusning oldini olish va davolash to‘g‘risida kam maʼlumotga ega ekanligidir. O‘zida kasallik belgilarini sezib, taxmin qiladiganlarning ko‘pchiligi vaqtida shifokorga murojaat qilolmaydilar yoki qiyin vaziyatlarda tez yordamni chaqira olmaydilar. Bu vaziyatni yana-da og‘irlashtiradigan - qo‘rquv va vahimani qo‘zg‘atadi. Shu sababli bir necha ko‘rsatuvlarni o‘z ichiga olgan — «Tez yordam» — onlayn-translyatsiya ko‘rinishida televideniye va internetda efirga uzatiluvchi loyiha yo‘lga qo‘yildi. «Tez yordam»ning maqsadi — yordamga muhtojlarni tinchlantirish, maslahat berish va yordam ko‘rsatish.

Koronavirusga qarshi dori hali mavjud emas. Ammo odamlar uchun har doim universal dori vositasi bor — bu to‘g‘ri maʼlumot va uni o‘z vaqtida olishning muhimligidir. Oldindan ogohlantirilgan — demak kasallikka qarshi qurollangan. Sog‘ayish uchun oltin oraliqni ushlash kerak — vahimaga berilmaslik lozim, shu bilan birga kasallikka yengil qaramaslik darkor.

Dunyoda yangi koronavirus keltirib chiqaradigan COVID-19 kasalligini davolash bo‘yicha sinov va xatolar orqali yuzaga keladigan empirik tajriba juda kam. Undan uzoq yoki qisqa muddatli xulosalar chiqariladi, yordam beradigan usullar qoldiriladi va zararli bo‘lganlaridan voz kechiladi. Hozirda butun dunyodagi shifokorlar shu holatni boshidan o‘tkazmoqda.

Shu sababli, studiyaga koronavirus haqida boshlovchi va tomoshabinlarning savollariga javob beruvchi tibbiyot mutaxassislari taklif etiladi:

  • Raʼno Qosimova — Sog‘liqni saqlash vazirligining Virusologiya instituti ilmiy xodimi, tibbiyot fanlari nomzodi.
  • Dildora Sekler — virusolog, molekulyar genetik tadqiqotlar bo‘yicha mutaxassis, tibbiyot fanlari nomzodi.
  • Aziza Xo‘jayeva — Defactum Laboratories tibbiyot klinikasida klinik immunolog-infeksionist, tibbiyot fanlari nomzodi.
  • Dastur boshlovchisi — Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov

Dastur har kuni soat 18:00da Milliy TV kanali, YouTube kanali va Mass-medianing ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida jonli efirda namoyish etiladi. O‘zingizni qiziqtirgan savol bo‘yicha Askdoktor call-markaziga murojaat qilishingiz mumkin. Tel: (71) 207 22 27

Loyiha hamkorlari: Kun.uz, Qalampir.uz, Uz24.uz, Podrobno.uz, Askdoctor, Insider.uz, Daryo.uz, Darakchi, Repost.uz, Teznews.

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring