Zakovat-Gambit: Mass-media fondi O‘zbekistonda shaxmatni ommalashtirishni qo‘llab-quvvatladi

16 - Avgust, 2021
Zakovat-Gambit

Mass-media fondi tomonidan taʼsis etilgan Zakovat NNT 10-15 avgust kunlari shaxmat bo‘yicha Respublika Zakovat-Gambit turnirini o‘tkazdi.

Chempionatning mukofot jamg‘armasi 610 million so‘mni tashkil etdi.

Unda jahon yulduzlari Vishvanatan Anand, Yudit Polgar, Timur Gareyev, Rustam Qosimjonov va boshqalar ishtirok etdi. Ular nafaqat tajriba almashdi, balki bir vaqtning o‘zida bir nechta partiya o‘ynash seansini ham o‘tkazdi. Shuningdek, Timur Gareyev o‘zbekistonlik 15 nafar shaxmatchi bilan shaxmat doskasiga qaramay o‘ynadi.

Turnirning final bosqichida ishtirok etgan eng yosh shaxmatchi-Oriyat Obidjonov 7 yoshda, eng keksasi, Vladimir Vladimirovich esa 71 yoshda edi.

Turnirda ishtirok etish uchun jami 4 mingga yaqin ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tdi.

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring