Prezident Shavkat Mirziyoyev “Zakovat” intelektual o‘yinining respublika finaliga tashrif buyurdi
Bugun Buxoro viloyati Romitan tumanidagi «Bukhara Desert Oasis» sayyohlik majmuasida “Zakovat” intelektual o‘yinining finali bo‘lib o‘tdi. O‘yinga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurdi.
“Zakovat” intelektual o‘yinining Respublika chempionati Mass-media fondi tomonidan yoshlar siyosati va fond taʼsis etgan Zakovat NNT doirasida tashkil etildi.
Butun mamlakat bo‘ylab 20 mingdan ortiq nomzod chempionatda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tdi. Har bir viloyatda finalning viloyat bosqichi o‘tkazildi. Viloyatlardagi musobaqalarda g‘olib chiqqan jamoalarga 100 million so‘m, ikkinchi o‘rin uchun - 20 million so‘m, uchinchi o‘rin uchun – 10 million so‘m mukofot puli berildi.
“Zakovat” intelektual breyn- ringining respublika bosqichida barcha viloyatlardan 13 ta chempion jamoa va 3 ta uchinchi o‘rinni egallagan eng yaxshi jamoalar ishtirok etdi. 16 ta jamoa qurʼa tashlash orqali pley-off tizimiga ko‘ra juftliklarga bo‘lindi. Mag‘lub jamoalar turnirni tark etdi va ikkita eng kuchli jamoa finalga chiqdi. G‘alabani Xorazm jamoasi qo‘lga kiritdi.
Prezidentimiz yoshlarga murojaat qildi.
— “Xalqimiz uchun munosib hayotni taʼminlash, inson shaʼni va qadr-qimmati eng oliy qadriyat bo‘lgan jamiyat qurish yo‘lini tanlaganmiz. O‘z oldimizga qo‘ygan ulkan maqsadlarga erishishda kimga tayanishimiz mumkin? Albatta, siz kabi bilimli va vatanparvar yoshlarga”, - deb aytdi mamlakat rahbari.
Mashaqqatli mehnat ortidan orzusiga erishgan inson — eng baxtli insondir. Shuning uchun doimo cho‘qqini zabt etishga intiling, xayrli maqsadingiz uchun kurashing. Doimo bilim oling, o‘zingizga ishoning, yangi narsalarni kashf eting va yarating, ishonch bilan olg‘a yuring, - deb taʼkidladi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident farmoni bilan “Zakovat” klubining asoschisi Abdurasul Abdullayev hamda final bosqichi g‘oliblariga davlat mukofotlari topshirildi.