2020-yil 27-dekabr kuni Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov va uning o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva so‘nggi 8 yil davomida Respublika urush va mehnat faxriylari pansionatida yashab kelayotgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Rustam Obidovning oldiga tashrif buyurishdi.
Rustam Obidov allaqachon pensiyaga chiqqaniga qaramay, tarjimalar qilib, astoydil ishlashda davom etmoqda. Afsuski, bu yil pandemiya tufayli bu halol, mehnatsevar va juda kamtar inson qiyin moliyaviy vaziyatga tushib qoldi. Shu sababli, ham pansionatda yashash xarajatlarining barchasini to‘lay olmagan.
Mass-media fondi Vasiylik kengashi boshchiligida jurnalistika faxriysiga moddiy yordam berishga qaror qildi.
Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring