«Media va kommunikatsiyalar maktabi» loyihasi doirasida tashkil etilgan jurnalistlar malakasini oshirish kursining pilot guruhi o‘z mashg‘ulotlarini yakunladi.
Ushbu kurslar uchun o‘quv dasturi OAV sohasida katta tajribaga ega, shuningdek, AQSH, Shveysariya va Isroil kabi mamlakatlarda xalqaro jurnalistika sohasida amaliyot o‘tab kelgan murabbiylar tarafidan ishlab chiqildi. O‘quv moduli pablitsit kapitaldan tortib, jurnalistikaning barcha zamonaviy turlariga qadar, hatto immersiv jurnalistika kabi eng dolzarb mavzularni, yaʼni media bozorida raqobat qilishga imkon beruvchi mavzularni o‘z ichiga oldi.
«Shaxsan men uchun maʼruzachi savolingizga javob bermasa, nima qilish kerakligini bilish muhim edi. Endi bunday holatlarga ancha tayyorman, - deya o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi Teznews.uz nashriyotining muxbiri Ziyodaxon G‘ulomova. Amaliy topshiriqlarni bajarish jarayonida oramizdan hech kim, yaʼni bevosita maqola yozuvchi jurnalistlarning deyarli hech biri materiallarni oson vizualizatsiya qilishga yordam beradigan mavjud vositalardan foydalanmasligi ayon bo‘ldi. Odatda bu vazifani boshqa xodimlar bajaradi. Endi shu infografikani o‘zim bajaraman».
Infografikani muayyan mobil ilovalar yordamida osonlik bilan amalga oshirish mumkinligi Хabar.uz nashriyotining jurnalisti Nurillo To‘xtasinov uchun ham o‘ziga xos kashfiyot bo‘ldi. Haqiqatda ham, ko‘pchilik statistik raqamlar, axborot, maʼlumot va bilimlarni faqat sanoqli kishilargina grafikaning obrazli tilida yetkazib bera oladi, deb ishonadi. Ushbu yanglish fikrga amaliy mashg‘ulotlar jarayonida chek qo‘yildi.
O‘zA muxbiri Dilobar Mamatovaning taʼkidlashicha anʼanaviy ommaviy axborot vositalarida faoliyat yuritayotgan ko‘plab jurnalistlar, afsuski, mobil resurslardan juda kam foydalanishar ekan.
«Mobil jurnalistika men uchun nafaqat malaka oshirish bo‘yicha muhim mavzu bo‘lib chiqdi, balki kasbiy faoliyatimni qanday kengaytirish bo‘yicha turli g‘oyalarga undadi», - dedi u.
“Ishonch” gazetasining muxbiri Zebo Namozova uchun mobil video yaratish va uni tarqatish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot kursning eng yorqin lahzalaridan biri bo‘ldi.
Ko‘pchilik ishtirokchilar bir necha yildan buyon jurnalistika sohasida faoliyat olib borayotgan bo‘lsalar-da, uni tartibga soluvchi qonunchilikka oid bilimlari yetarli emasligini taʼkidlashdi. Bu ham o‘z navbatida muhim maʼlumot edi.
Mass-media fondi direktori Aleksandra Kolesnichenko pilot kursining yakunlarini sarhisob qilib, quyidagilarni aytdi:
- Jurnalistlar malakasini oshirish kurslari birinchi qadamdir. Hozi matbuot kotiblari va blogerlar uchun pilot guruhlariga qabul jarayoniga tayyorgarlik ketyapti. Umid qilamizki, loyiha muvaffaqiyatli bo‘lib, undan ko‘zlangan maqsad, yaʼni Mass-media sahasi xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirishga erishamiz.