«Xavfsiz yordam» loyihasi doirasida faxriy jurnalistlarga ko‘mak berishning ikkinchi bosqichi
26 - Iyun, 2020
Koronavirus infeksiyasining tarqalishi va karantin choralarining kuchayishi davrida Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi «Xavfsiz yordam» loyihasi doirasida faxriy jurnalistlarga ko‘mak berishning birinchi bosqichini amalga oshirgan va ularni oziq-ovqat paketlari bilan ta’minlagan edi.
Avval va’da qilinganidek, 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni arafasida loyihaning ikkinchi bosqichiga start berildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj hamkasblarimizga hisobida 1 million so‘mlik mablag‘ mavjud bo‘lgan plastik kartalar navbati bilan tarqatilmoqda.
Umid qilamizki, mazkur choralar hozirgi mushkul vaziyatda oz bo‘lsada ko‘mak va yordam bo‘la oladi.
Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring