Mass-media fondida fond Vasiylik kengashi a’zolari va «Zakovat» klubi vakillari ishtirokidagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Fondning «Zakovat intellektual klubi» nodavlat notijorat tashkiloti asoschisi bo‘lishi to‘g‘risidagi qo‘shma qaror qabul qilindi.
Klub faoliyati uchun qonuniy asoslarning joriy etilishi uning imkoniyatlarini nafaqat o‘yinlar tashkil etish nuqtayi nazaridan kengaytiradi, balki yoshlar orasida intellektual salohiyatni rivojlantirish ahamiyatini targ‘ib qiladi.
Yaqin kunlarda ushbu klubning sayti joriy etilishi, a’zo bo‘lish tartibi, o‘yin qoidalari, tadbirlar jadvali e’lon qilinishi ma’lum qilindi.
Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva yoshlarni o‘z intellektual imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun ushbu intellektual o‘yinda faol ishtirok etishga chaqirishdi.
Fond Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov va’da qilganidek, Zakovat loyihasi yopilmadi, balki yangi nafasga ega bo‘ldi.
Ma’lumot uchun: «Zakovat» intellektual klubi 2001-yildan beri faoliyat ko‘rsatmoqda. «Zakovat» – bu Rossiyaning «Nima? Qayerda? Qachon?» o‘yinining o‘zbek analogidir. Ilgari ushbu dastur «Yoshlar» va «O‘zbekiston» kanallarida, keyinroq «Milliy»da namoyish etilgan edi.