Abror Ismoilov

Elektron OAV orasida bir nechta milliy tanlovlar g‘olibi bo‘lgan Uz24 veb-nashrining asoschisi. U asos solgan Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi "Jamoatchilik nazorati" hamjamiyati O‘zbekistonda fuqarolik jurnalistikasini rivojlantirishdagi muhim qadamlardan biriga aylandi. Jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universitetining bakalavrlari uchun fuqarolik jurnalistikasi kursidan dars beradi.


Xumoyun Aminov

«Venkon Digital» reklama agentligining asoschisi - biznesmen, marketolog. O‘zbekistonda birinchi bo‘lib bloglar bilan reklama maydonchasi sifatida ish boshlagan. U media-hamjamiyatning faol a’zosi, O‘zbekistondagi blogerlar harakatini rivojlantirish uchun ko‘p kuch sarflagan.


Madina Nurmanova

Fotojurnalist, bloger. Yosh bo‘lishiiga qaramay, u siyosiy voqealar, xususan, Oliy Majlis Senatidagi yig‘ilishlardan olgan fotosuratlari bilan tanildi. U respublika miqyosidagi bir nechta fototanlovlarda g‘olib deb topilgan.