Fozilov Akramjon Murodjon o‘g‘li
Fozilov Akramjon Murodjon o‘g‘li
Vasiylik kengashi raisi

Ma’lumoti:

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining "Xalqaro munosabatlar" fakultetini tamomlagan (2014-2019).

«Erasmus Mundus Master’s course in Global Studies — EMGS» xalqaro magistratura dasturi doirasida Vena universiteti (Avstriya, 2019-2020) va Gent universitetida (Belgiya, 2020-2021) tahsil olgan.

Ish tajribasi:

Tahliliy markazlarda (Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi) va nodavlat notijorat tashkilotlarida ishlash tajribasiga ega. 2021-2022-yillarda Yevropa-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik asotsiatsiyasining (EUROUZ) Toshkent loyiha ofisi rahbari vazifasini bajargan.

O‘zbek, rus, ingliz, turk va arab tillarini biladi.

Azimov Jahongir Baxodir o‘g‘li
Azimov Jahongir Baxodir o‘g‘li
Fond direktori

Ma’lumoti:

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Xalqaro munosabatlar” fakultetini tamomlagan (2011-2016).

2014-2015-yillarda “Global UGRAD” talabalar almashinuvi dasturi doirasida Nyu-Meksiko universitetida (AQSh) “Media va kommunikatsiyalar” bo‘yicha tahsil olgan.

2022-yilda “Fulbright” dasturi doirasida Alabama universitetida (AQSh) jurnalistika bo‘yicha magistr darajasini olgan.

Ish tajribasi:

Media va jurnalistika sohasida o‘n yildan ortiq ish tajribasiga ega. “Gazeta.uz” onlayn nashri va O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” axborot agentligida jurnalist faoliyat olib borgan. 2022-2024-yillarda Toshkentdagi Vebster universitetida media yo‘nalishi talabalariga dars bergan.

O‘zbek, ingliz va rus tillarini biladi.