Fond haqida
BatafsilYangiliklar
Toshkentda jurnalistlar uchun OIV mavzusida maxsus trening o‘tkazildi
Bugun Toshkent shahrida jurnalistlar va blogerlar uchun OAVda OIV va OITS bilan bog‘liq mavzularni to‘g‘ri yoritish bo‘yicha trening o‘tkazildi. Tadbir Mass-media fondi tomonidan BMTning OIV/OITS bo‘yicha Qo‘shma dasturining O‘zbekistondagi ofisi va Respublika OITSga qarshi kurashish markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Toshkentda SHE LEADS loyihasi doirasida gender zo‘ravonligiga qarshi trening o‘tkazildi
Bugun Toshkent shahrida “SHE LEADS” loyihasi doirasida raqamli makonda gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi kurashga bag‘ishlangan navbatdagi trening o‘tkazildi. Tadbir Mass-media fondi va “Umumiy manfaatlarni izlash” xalqaro nodavlat tashkilotining O‘zbekistondagi filiali tomonidan tashkillashtirildi.
Bugun Mass-media fondi besh yoshga to‘ldi!
Bugun Mass-media Fondi o‘zining 5 yillik yubileyini nishonlamoqda! Ushbu kunda biz milliy va xorijiy hamkorlarimizga, jurnalist va blogerlarimizga, shuningdek, media sohasining rivojlanishiga hissa qo‘shayotgan barcha faollarga samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Farg‘onada SHE LEADS loyihasi doirasida gender zo‘ravonligiga qarshi kurashga bag‘ishlangan trening yakunlandi
Farg‘onada SHE LEADS loyihasi doirasida raqamli makonda gender zo‘ravonligiga qarshi kurashga bag‘ishlangan ikki kunlik trening o‘tkazildi. Tadbirda 30 dan ortiq mahalliy mutaxassislar va faollar ishtirok etdi.
Mass-media direktori YXHTning so‘z erkinligi va OAV masalalari bo‘yicha konferensiyasida ma’ruza qildi
1-11-oktyabr kunlari Polsha poytaxti Varshavada Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosining (DIIHB) Insoniylik mezonlari bo‘yicha anjumani o‘tmoqda. Mass-media fondi direktori O‘zbekistonda OAV erkinligiga bag‘ishlangan yalpi majlisda so‘zga chiqdi.
Toshkent viloyatida jurnalistlar uchun gender sezgir kontent yaratish bo‘yicha ikki kunlik trening o‘z yakuniga yetdi
Bugun Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida jurnalist va blogerlar uchun gender sezgir kontent yaratishga bag‘ishlangan ikki kunlik trening o‘z ishini yakunladi.